O‘rganish davomida mahallada aholi bilan olib borilayotgan ishlar, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi faoliyat bilan yaqindan tanishildi.
➡️Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yangi tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning daromad manbalarini oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mahalla bankeri faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar deputatlik nazoratiga olindi.