Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
“Beshkapa” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

“Beshkapa” mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari tumani Kengashining 13-Mustaqillikning 22 yilligi saylov okrugi deputati U.Jovunovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva Beshkapa mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar holatini o‘rgandi.

Nazorat-tahlil tadbiri “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–116-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida mahalla faollarining aholi bilan ishlashi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusida tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.