Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
SAYYOR QABUL: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Z. Ostonov hamda tuman prokurori Z. Barnaev ishtirokida 5-Madaniyat saylov okrugi hududidagi “Madaniyat” mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi bilan ochiq va bevosita muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, takliflari hamda kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari tinglandi.
Murojaatlarning asosiy qismi tabiiy gaz ta’minoti, elektr energiyasi, avtomobil yo‘llarining holati hamda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga oid bo‘ldi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga amaldagi tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mazkur sayyor qabul O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosini ta’minlash, fuqarolarning murojaat qilish huquqini ro‘yobga chiqarish hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqishga qaratildi.
Aholining kundalik turmushiga bevosita taalluqli bo‘lgan gaz, elektr energiyasi, yo‘l va ichimlik suvi kabi masalalarning joyida o‘rganilishi mavjud muammolarni aniqlash va ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkonini beradi.
Xalq bilan ochiq muloqot, aholi murojaatlarini tinglash va ko‘tarilgan masalalarning qonuniy yechimini ta’minlash — Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 6