Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
ISHCHI GURUH FAOLIYATI O‘RGANILDI

ISHCHI GURUH FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Aliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Beklar mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh faoliyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🔎 Suhbat davomida ishchi guruh a’zolarining mahalladagi aholi bilan ishlash jarayoni, ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlari muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ijtimoiy infratuzilma loyihalari, ularning ijrosi va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Ishchi guruh faoliyatini yanada samarali tashkil etish, har bir xonadon bilan manzilli ishlash va aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 1