Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
FURQAT MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI

 FURQAT MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI
👤 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 11-saylov okrugi deputati Mardanova Dilfuza Abdixalilovna tomonidan Furqat mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati tashkil etildi.
🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni manzilli tashkil etish maqsadida mahalla mutasaddilari va jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Toshmatov Tolibjon — MFY raisi
🔹 Erkayev Jaxongir — hokim yordamchisi
🔹 Abduraxmanova Kamola — ijtimoiy xodim
🔹 Xusanova Orzigul — otinoyi
🔹 Xidirov Ernazar — nuroniy
🔹 Naxangova Zilola — xotin-qizlar faoli
🔹 Azimov Juraboy — mahalla nuroniyi
🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi ishsiz va kam daromadli oilalar holatini o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
📌 Maqsad — har bir xonadon bilan manzilli ishlash, muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish.🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!