Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #17_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Termiz shahrida hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Shu doirada, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shaharning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi chiqindi to‘plash joylarining sanitariya holati, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi, hududda chiqindilarning to‘planib qolishining oldini olish hamda obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish xizmatining muntazamligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish, mahalla hududida sanitariya va ekologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 1