Joriy yilning 22-fevral kuni Bo‘ka tumani Nuroniylar maskanida Nuroniylar Kengashi raisi A.Akmalov tashabbusi bilan "Yashil makon" loyihasi asosida hashar tashkil etildi.
Ushbu hasharda xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati M. G‘aniev, tuman hokimi o‘rinbosari O. Jo‘raev, tuman
majburiy ijro byurosi rahbari I.Sotvoldievlar homiyligida 100 dan ortiq mevali ko‘chatlar ekildi.
Hasharda xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputatlari A. Nishonov va D.Po‘latovlar faol qatnashishdi.