Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Aholi bilan muloqot — muammoga yechim sari muhim qadam

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

Aholi bilan muloqot — muammoga yechim sari muhim qadam

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov boshchiligida mahallalarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha ishchi guruh Ibrat mahallasida bo‘lib, 10 nafar kambag‘al oila vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

↗️ Muhimi, har bir fuqaroning imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, uy sharoitida mehnat qilish va daromad topish imkonini beruvchi yo‘nalishlar taklif etildi.

📌 Bildirilgan takliflar asosida fuqarolarning qisqa muddatda mehnat faoliyatini boshlashi, o‘z xonadonida daromad manbaini yaratishi va oilaviy farovonligini oshirishi ko‘zda tutilmoqda.

🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — odamlarning muammosini eshitish, amaliy yechim izlash va natijaga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etishdir. Har bir oilada daromad manbai bo‘lsa — oilada barqarorlik, mahallada farovonlik bo‘ladi.

Slide 1 of 4