Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi va jihozlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Xonadonbay” o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
FAOLIYAT TAHLILI VA KELGUSI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

FAOLIYAT TAHLILI VA KELGUSI REJALAR MUHOKAMA QILINDI

Pop tuman hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan brifing tashkil etildi.

Brifing davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Nezomiddin Abrarov tomonidan joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida Kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar, deputatlik nazorati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda sessiyalarda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Deputatlarning hududlarda aholi bilan uchrashuvlari, sayyor qabullarni tashkil etish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining murojaatlari va takliflarini o‘rganish, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 2