Muammolar manzilli o‘rganilib, vazifalar belgilandi: Tuman hokimi deputat sifatida Xabibulla Bozorov mahalla ahlining murojaatlarini o‘rgandi
Uzun tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xabibulla Bozorov Yangi yo‘l mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonlariga borib, ularning sharoiti, muammolari va mavjud imkoniyatlarini deputatlik nazorati hamda hudud rahbari sifatida atroflicha o‘rgandi.