Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova o‘z saylov okrugida joylashgan «Katta chinor» mahallasida bo‘lib, mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
♻️O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi.
♻️O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.