Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi va jihozlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Xonadonbay” o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
QO‘ZIROBOD MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muhammedova Barno Farxodovna Qozirobod mahallasida bo‘lib, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 3-band ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahallada aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlarining holati, yaratilgan sharoitlar hamda sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida sport inshootlaridagi jihozlar eskirgani, mavjud sport anjomlari yetarli emasligi va ularni yangilash zarurati aniqlandi. Mazkur holat mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun qulay sport muhitini yaratish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlarni talab etishi ta’kidlandi.

Deputat sport inshootlarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, mavjud anjomlarni yangilash hamda bolalar va aholi uchun sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ilgari surdi.

Yoshlar va bolalar uchun qulay sport sharoitlarini yaratish — muhim vazifalardan biridir!

Slide 1 of 3