Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📚 XALQ DEPUTATLARI KENGASHI NAMUNAVIY REGLAMENTINING 5-MODDASI


🔎 Kengash faoliyatida ochiqlik va shaffoflik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining namunaviy reglamentida mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkil etishning muhim tartiblari belgilangan.

📌 5-modda Kengash faoliyatining oshkoraligi va ochiqligi masalalariga bag‘ishlangan.
🗣 Unga ko‘ra, Kengash faoliyati ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish ta’minlanadi.

📢 Kengash sessiyalari, doimiy komissiyalar faoliyati, qabul qilinayotgan qarorlar hamda boshqa muhim masalalar ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazilishi mumkin.

🤝 Mazkur norma fuqarolarning mahalliy Kengashlar faoliyati haqida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, Kengashlarning ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

📖 MANBA:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti”.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1