Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga ko‘rsatilgan ko‘maklar o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
“Kunchiqish” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni yaratish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #deputat_okrugida #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi

“Kunchiqish” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni yaratish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati, 15-“Zarkamar” saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan “Kunchiqish” mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Kunchiqish” mahallasida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 80 sotix yer maydonida istirohat bog‘i, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida hududni zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida hududdagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Mahallada obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, mahallada obodlik, tozalik va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5