35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "3-Istirohat" okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Uchtepa tumani Istirohat mahallasi, Istirohat ko‘chasining oxirgi aylanma harakatlanish qismiga yaqin hududda (63-A uy old qismida) ayrim avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda yashil maydon o‘rtasidan harakat yo‘nalishi sifatida foydalanish holatlari kuzatilayotganligi qayd etilgan.

🕯 Mazkur hududdan avtomashinalarning yashil maydon ustidan yoki piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan qism orqali o‘tishi natijasida maysazor va boshqa ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarga zarar yetkazilayotganligi, shuningdek, transport vositalarining yashil hududdan o‘tishi natijasida yer qoplamining buzilishi, yashil maydonning siyraklashishi va hududning obodonlashtirish holatining yomonlashuvi kuzatilishi mumkinligi ko'rsatilmoqda.

📈 Yuqoridagilardan kelib chiqib:

✍️ mazkur holat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazish hamda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumot taqdim qilish;

✍️ mazkur joyning ikki tarafiga ham beton to‘siq joylashtirish orqali avtomashinalarning yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda harakatlanishiga chek qo‘yish;

✍️ ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3