HAFTA DAVOMIDA DOIMIY KOMISSIYALAR FAOL FAOLIYATDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan hafta davomida hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, qonunlar va hukumat qarorlari ijrosini nazorat qilish, shuningdek, tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.
📌 Hafta davomidagi asosiy ko‘rsatkichlar:
🔹 Doimiy komissiyalar yig‘ilishi — 4 ta;
🔹 Doimiy komissiyalar ishchi guruhi tomonidan tumanda ijrosi o‘rganilgan qonun va hukumat qarorlari — 4 ta;
🔹 Doimiy komissiyalar tomonidan ishlab chiqilgan o‘rganish savolnomalari — 4 ta;
🔹 Doimiy komissiyalar tomonidan chiqarilgan qarorlar — 4 ta;
🔹 Doimiy komissiyalar hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik — 10 ta.
📈 Ushbu ko‘rsatkichlar doimiy komissiyalarning deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyati izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.