#deputatlik_faoliyati_Uchtepa @Kengash_qarori #Open_byudjet
Ijtimoiy soha obyektlariga e’tibor — xalq farovonligi yo‘lida
🔼 Uchtepa tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘la olmagan loyihalardan birini qo‘shimcha tarzda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari tashabbus ko‘rsatdi.
🧠 Mazkur tashabbus, avvalo, hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasidir.
↗️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida g‘oliblar qatoridan joy olmagan, lekin g'olib bo'lish uchun 1-o'rinda turgan 107-soni umumta'lim maktabini g'olib deb topish maqsadida deputatlar tomonidan tuman mahalliy byudjetining qo'shimcha manbalari hisobidan 150 mln. so'm mablag' tumandagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga o'tkazildi hamda jami 1 mlrd. 648 mln. so'm mablag'lar ushbu loyihani g'olib deb topish uchun yo'naltirilishi belgilandi.
💹 Deputatlarning bunday tashabbus bilan chiqishi hudud aholisining murojaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yish borasidagi mas’uliyatini namoyon etadi.
📈 Ayniqsa, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa ijtimoiy yo‘nalishdagi obyektlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mahallalarda qulay sharoitlar yaratish va aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
✅ Tuman Kengashi deputatlarining ushbu tashabbusi — xalq manfaatlari, ijtimoiy himoya va hudud taraqqiyotiga qaratilgan e’tiborning yana bir amaliy namunasi.