Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik bo‘yicha holat tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologiyani himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika filialida aholiga bepul beriladigan dori vositalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Omonliqov Meliqo‘zi Temirovich tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — hududlardagi ichki yo‘llarning holatini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish yuzasidan Nurafshon mahallasi Darxon ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida ko‘chaning 500 metr qismini asfaltlash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur yo‘l qismi shu vaqtga qadar mahalla aholisi tomonidan hashar yo‘li bilan muntazam ravishda shag‘allashtirib kelinayotgan bo‘lsa-da, yo‘lning bugungi holati zamonaviy va qulay harakatlanish talablariga to‘liq javob bermasligi qayd etildi.
Aniqlangan muammo yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga xabar berilib, mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning amaliy yechimi va belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan monitoring olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1