Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Milliy muzey – tariximiz va milliy merosimizning yangi maskani

Milliy muzey – tariximiz va milliy merosimizning yangi maskani

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan tanishgani mamlakatimizda tarixiy-madaniy merosni asrash, o‘rganish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

♻️Men deputat sifatida ushbu loyihani milliy o‘zligimizni, boy tariximiz va bebaho madaniy merosimizni keng targ‘ib etishda muhim qadam, deb hisoblayman. Zamonaviy muzey nafaqat noyob eksponatlar saqlanadigan maskan, balki yosh avlod uchun tarixni chuqur o‘rganish, ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va davlatchilik rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini anglash imkonini beradigan ma’rifat markazi bo‘lishi muhim.

♻️O‘zbekiston Milliy muzeyining zamonaviy talablarga mos barpo etilishi xalqimizning boy tarixini dunyoga yanada keng tanitish, yurtimizga kelayotgan sayyohlar uchun munosib madaniy maskan yaratish hamda milliy merosimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

♻️Bunday bunyodkorlik ishlari Vatanimizning tarixiy salohiyati va kelajakka bo‘lgan ishonchini namoyon etadi. Ishonamanki, yangi Milliy muzey xalqimizning g‘ururiga aylangan, tariximizni o‘zida mujassam etgan va kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan muhim maskanlardan biri bo‘ladi.

Habiba Karayeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

Slide 1 of 1