URUG‘CHILIK SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarori — “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning tumandagi ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.
🔎 O‘rganish davomida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, tayyorlash, saqlash va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash, shuningdek, urug‘chilik sohasida belgilangan talablarning bajarilishi holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Mas’ul tashkilotlarning amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda sohada qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati — amalda.