KO‘CHA INFRASTRUKTURASI YUZASIDAN UCHRASHUV
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan To‘qboy mahallasidagi Fozil Yo‘ldosh ko‘chasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ko‘cha boshchisi Bozorov Tolib, mahalla nuroniysi Nazarov Siroj Kazakovich hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Muloqot davomida ko‘chaning mavjud infratuzilmasi, obodonlashtirish holati va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
📌 Deputatlik faoliyatida aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish muhim yo‘nalishlardan biridir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!