Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Kravchenya ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masala Termiz shahar mahalliy budjetining 2025-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Dusmuratovning hisoboti komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.