35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
“Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risida”gi masala doirasida Tinchlik mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.

#sessiya_oldi_organish #kotibiyat_mudiri
Tinchlik mahallasida “Tashabbusli budjet” loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi natijalari to‘g‘risida”gi masala doirasida Tinchlik mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
📌 Tinchlik mahallasida joylashgan va Beruniy, Tinchlik hamda Yambarok MFYlariga xizmat ko‘rsatuvchi Yoshlarobod OShP uchun qo‘shimcha bino qurish loyihasi fuqarolar tomonidan 3 413 ta ovoz to‘plagan.
💰 Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
🔎 O‘rganish davomida deputatlar tomonidan loyiha amalga oshiriladigan hudud ko‘zdan kechirilib, qo‘shimcha bino qurilishi uchun mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan tanishildi.
Mazkur o‘rganish “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihaning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish hamda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 2