35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan hududdagi “Qizilsoy” mahallasida bo‘lib,“Mahalla yettiligi” faoliyati, xususan,hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash,oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi ishlar ko‘rib chiqildi.Ma’lum qilinishicha,hokim yordamchisi Bo‘tayev Abdumurod Abduraufovich tomonidan yil boshidan buyon 6 nafar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qitilgan.Shuningdek, 16 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga amaliy ko‘mak berilgan.Shu bilan birga, 12 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud biznes tashabbuslarini rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. 50 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib,ularni kelgusida kichik biznes subyektlariga aylantirish bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.Bundan tashqari, 3 nafar fuqaro uchun mahallaning o‘zida kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar
tashkil etilib, mazkur loyihalar o‘z faoliyatini boshlagani qayd etildi.O‘rganish yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini yanada oshirish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4