O‘rganish jarayonida MFY raisi Oxunov Rofe’ Ravshankulovich bilan birgalikda mahallani yuqori namunali mahallalar qatoriga olib chiqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud holat va dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyati uchun mo‘ljallangan xonalarni yangilash va zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mahalladagi mavjud muammolar, xonalarni jihozlash, ish sharoitlarini yaxshilash hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
“Mahalla yettiligi” vakillarining hamjihat va samarali faoliyat yuritishi, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, hal etish mahallani namunali hududga aylantirishning muhim omili ekani ta’kidlandi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yangilash ishlarini sifatli yakunlash hamda Xo‘ja Doniyor MFYni yuqori namunali mahallaga aylantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi