35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
24-TAVSIYA IJROSI O‘RGANILDI

24-TAVSIYA IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan hududdagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Mazkur o'rganishda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Yarmatov ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida maktabdagi sport zali, mavjud sport jihozlari va asbob-uskunalarning holati ko‘zdan kechirilib, ulardan o‘quvchilar uchun samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida tashkil etilgan tibbiyot burchagining holati, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi hamda o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Ta’kidlash joizki, 13-sonli maktab o‘quvchilarining ta’limdagi yutuqlari ham e’tirof etilib, maktab tumandagi oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, tuman miqyosida 1-o‘rinni egallab kelayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 1