35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi

#162_ta_qonun #kotibiyat_mudiri
Sanoat mahallasida tomorqalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Bahodirjon Abdulmamatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son qarori ijrosi yuzasidan Sanoat mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida aholi xonadonlaridagi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda xonadonlar daromadini oshirishga qaratilgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Jumladan, mahallaning asosiy “drayver” yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan malinachilik bilan shug‘ullanuvchi xonadonlarda yetishtirish jarayoni, ekilgan maydonlar, hosildorlik ko‘rsatkichlari, mahsulotni yig‘ib olish va realizatsiya qilish holati o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, malinachilik bilan shug‘ullanuvchi xonadonlarda malina navlarini to‘g‘ri tanlash, agrotexnik tadbirlarga rioya qilish, suv ta’minoti, ko‘chatlarni yangilash, hosildorlikni oshirish hamda yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔹 O‘rganish jarayonida tadbirkor va xonadon egalari tomonidan malinachilikni rivojlantirishda uchrayotgan muammolar, jumladan, suv ta’minoti, mahsulotni sotish, saqlash va qayta ishlash, zarur agrotexnik vositalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, malinachilikni yanada rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3