📍 Royat mahallasi, “Bahor” ko‘chasi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldashova tomonidan mahallada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
Piyodalar yo‘lakchasi hududiga elektr tarmoqlarining yog‘och ustunlari to‘g‘ri kelib, qurilish ishlariga to‘sqinlik qilayotgani aniqlandi.
⚡️ MUAMMO:
Elektr ustunlarining joylashuvi piyodalar uchun noqulaylik va xavfsizlik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
📋 DEPUTATLIK SO‘ROVI:
Elektr ustunlarini belgilangan tartibda ko‘chirish va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish so‘raldi.
🤝 Hamkorlikda — muammoga amaliy yechim!
O. Yo‘ldashova
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati