35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar qabulini o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 02 - 04.09.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 07.09 - 11.09.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun bunyod etilayotgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida yangi mahalla binosining qurilish jarayoni, ichki xonalardagi pardozlash ishlari, muhandislik kommunikatsiyalari va zarur infratuzilmalarning holati ko‘zdan kechirildi. Deputat bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratdi.

🌳 Shuningdek, binoga tutash hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, piyodalar yo‘laklari, bolalar maydonchasi hamda aholi uchun dam olish hududlarini tashkil etish jarayoni bilan tanishildi. Bino atrofida yashil hududlar shakllantirilib, manzarali daraxt va butalar ekilgani qayd etildi.

🔺 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Otabek Jiyanboyev bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishi, hudud obodligi hamda fuqarolar foydalanadigan jamoat maydonlarining holatiga ham e’tibor qaratdi.

🤝 Yangi binoning foydalanishga topshirilishi “mahalla yettiligi” faoliyatini bir joyda samarali tashkil etish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni o‘rganish va mahalladagi ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish uchun yanada qulay sharoit yaratishi ta’kidlandi.

📁 Deputat o‘rganish jarayonida mas’ullar bilan qurilish va pardozlash ishlarining sifati, hududni obodonlashtirish hamda aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fikr almashdi. Bunda mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va aholi manfaatidan kelib chiqib amaliy yechimlarni belgilashga alohida ahamiyat qaratildi.

📉 Ayni paytda “Lolazor” mahallasida zamonaviy, shinam va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish uchun qulay maskanni shakllantirish ishlari davom etmoqda. Yangi mahalla binosi nafaqat ma’muriy maskan, balki aholi murojaatlarini tinglash, mahalladagi muammolarni birgalikda hal etish va fuqarolarga yaqin xizmat ko‘rsatish uchun muhim markaz bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

✅ Otabek Jiyanboyev qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatli yakunlanishi, yaratilayotgan sharoitlarning aholiga uzoq muddat xizmat qilishi muhim ekanini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10