24 talik yo‘nalish bo‘yicha Mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holatini o‘rganish davom etmoqda.
Joriy yilning 7 sentabr kuni 5-Madaniyat okrugidan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat A.Nishonov, Madaniyat MFY Yoshlar yetakchisi O.Abdullayev bilan Mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o‘rganildi.
8 oyda 54 ta tadbirlar o‘tkazilgan. Mahallada jami 501 nafar yoshlar bo‘lib, shundan 1 nafari yoshlar daftarida turadi.
Yoshlarga 410 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib 8 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.