35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avtomobil yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik qurilishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT

📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘linmasi hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularga huquqiy yechim topish bo‘yicha amaliy amaliy tadbir o‘tkazildi.

🔍 Tadbir va o‘rganish tafsilotlari:

⚖️ Qonun targ‘iboti: O‘rganishlar davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son) mazmun-mohiyati hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

👥 Mas’ullar va ishchi guruh: Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Tavasharov Xamro Ziyaevich, tuman Kengashi deputati D.Turopova,тuman Аdliya bo‘lmi boshlig‘i M.Omonov, Kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqov hamda "Madad" NNT bosh mutaxassisi N.Kenjayev faol ishtirok etdilar.

📋 Tahlil va ijro nazorati: Ishchi guruh tomonidan fuqarolar murojaatlarining mazmuni atroflicha tahlil qilinib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq sifatli ko‘rib chiqish, o‘z vaqtida hal etish hamda ijrosini qat’iy ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

⚙️ Kutilayotgan natija: Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5