35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Og‘ir mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Sohil bo‘yi” drayver loyihasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Chiqindi tashish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” doirasida qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi
“Tashabbusli byudjet” - 244-DMTTdagi loyiha o‘rganildi

#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet #Doimiy_komissiyalar #ekspert_guruhlari

“Tashabbusli byudjet” - 244-DMTTdagi loyiha o‘rganildi

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Durbek Axmedov va Dildora Kamalova tomonidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilmagan, biroq aholi, xususan, yosh avlod uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyiha yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Mazkur o‘rganish ishlari tumandagi 244-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) amalga oshirildi. O‘rganish davomida muassasaning mavjud infratuzilmasi, hududning holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda “Tashabbusli byudjet” doirasida ilgari surilgan loyihaning dolzarbligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

📊 Shuningdek, loyiha amalga oshirilgan taqdirda maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Avaz Xudayberganov va Sanjar Djalolovlar, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda 244-DMTT rahbariyati ishtirok etdilar.

📈 “Tashabbusli byudjet” — aholining hududlarni rivojlantirish jarayonidagi bevosita ishtirokini ta’minlaydigan muhim mexanizm. Shu bois ovoz berish natijasida g‘olib bo‘lmagan, biroq ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning dolzarbligi va istiqbolini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.

⚙️ Aholi va yosh avlod manfaatlariga xizmat qiladigan bunday tashabbuslarni o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini izlash hamda hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7