35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Bog‘i Eram” istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uy-joylarning elektr energiyasi ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Birinchi qo‘ng‘iroq” – yangi o‘quv yilining quvonchli boshlanishi
янв.21
Investitsiya dasturi doirasida qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

🗣Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-“Gulbog'” saylov okrugi deputat I.Xalmatov okrugiga qarashli Gulbog' mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tashrif buyurib, mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazildi.

💬Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlashda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1