35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar qabulini o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 02 - 04.09.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 07.09 - 11.09.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
AHOLI MANFAATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan deputatlik o‘rganishi doirasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan bir qatorda, fuqarolarga belgilangan tartibda bepul taqdim etiladigan dori-darmonlarning mavjudligi va ularning aholiga yetkazib berilishi holati ham nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida tibbiyot muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Unda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ham ishtirok etdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ–399-son Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun talablarining ijrosi o‘rganildi.

Mazkur qonunchilik hujjatida davlat tomonidan aholining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlarni olish imkoniyati hamda ularning sifati kafolatlanishi belgilangan. Shuningdek, ayrim toifadagi fuqarolarga dori vositalarini imtiyozli berish, davlat tibbiyot muassasalarida asosiy dori vositalarining mavjudligini ta’minlash va ularning sifatini nazorat qilish bilan bog‘liq vazifalar ham nazarda tutilgan. Shu jihatdan, poliklinikada bepul va imtiyozli asosda beriladigan dori vositalarining mavjudligi, ularning saqlanish sharoitlari, hisob-kitobi hamda belgilangan tartibda fuqarolarga berilishi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida dori vositalarining yaroqlilik muddati, saqlash talablari va ularni hisobga olish tartibiga ham e’tibor qaratilib, aholiga dori-darmonlarni belgilangan tartib va asoslarda yetkazish, bu borada shaffoflikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Ayniqsa, bepul yoki imtiyozli beriladigan dori vositalaridan foydalanishda fuqarolarning huquqlari to‘liq ta’minlanishi, ortiqcha ovoragarchilik va noqonuniy talablarning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Deputat tomonidan o‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, dori vositalaridan foydalanish jarayonida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5