35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Bog‘i Eram” istirohat bog‘idagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uy-joylarning elektr energiyasi ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning Qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Birinchi qo‘ng‘iroq” – yangi o‘quv yilining quvonchli boshlanishi
янв.21
Investitsiya dasturi doirasida qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
“Turkiston” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Maxram ko‘chasi 3-uy, 28-xonadonda yashovchi fuqaro Sultonov Shaxriyor ko‘zini jarrohlik yo‘li bilan davolashda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, fuqaroning davolanishiga ko‘maklashish masalasida Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7