Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida xalq vakilining o‘z okrugida olib borayotgan ishlari, saylovchilar bilan muloqotlari, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish borasidagi tashabbuslari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputatlik so‘rovlarini o‘z vaqtida kiritish, mahalliy budjet ijrosini nazorat qilish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Tashrif yakunida S.Rajabovaning faoliyatini yanada jonlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.