35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
“Birinchi qo‘ng‘iroq” – yangi o‘quv yilining quvonchli boshlanishi
янв.21
Investitsiya dasturi doirasida qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar oldilariga piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 02.09 - 04.09.26-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YILGI ISH REJASIGA ASOSAN SENTYABR OYIGA BELGILANGAN ISHLAR ANONSI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 24 - 28.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oqtepa”mahallasida, Xalq deputatlari Kengashi deputati Usmanov Nig’matulla Rixsiboyevich tashabbusi bilan 274-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi xovlisida bayram tadbiri tashkil etildi.

👉Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayram davomida mahalla faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab anjomlari va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

✔️Tadbir davomida ishtirokchilarga osh tortilib, milliy qadriyatlarimiz va mehr-oqibat an’analarini o‘zida mujassam etgan samimiy dasturxon yozildi.

🎆Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, kuy-qo‘shiq, milliy va zamonaviy sahna chiqishlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.

✅Bunday tadbirlar mahalla ahlini birlashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 6