“Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan “Al-Buxoriy” MFYdagi ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar. Murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlarning muammolarini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.