Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan “Xursandlik” MFYda mahallabay yurish va ko‘chama-ko‘cha aylanish orqali hududdagi holatlar o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida:
obodonlashtirish;
elektr ta’minoti;
ichki ko‘chalar holati;
aholining murojaat va takliflariga e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud masalalar tinglanmoqda va ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflar bildirilmoqda.
Mahalladagi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettiriladi.