Yoshlarimizdan biri xorijiy tilni o‘rganish yo‘lidagi izlanishlari va mehnatining samarasi sifatida IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yuqori natija yoshning bilim olishga bo‘lgan intilishi, o‘z ustida muntazam ishlagani va maqsadi sari qat’iyat bilan harakat qilganining yorqin namunasidir.
Quvonarlisi, mazkur yutuq Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Yoshlar ishlari bo‘limi Andijon shahar rahbari M. Azimov tomonidan munosib e’tirof etilib, yoshga rag‘bat va tashakkur bildirildi.
Bunday yutuqlar yoshlarimiz uchun katta motivatsiya va yangi marralar sari ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
IELTS — 8.0!
Yoshimizga kelgusida yanada ulkan zafarlar va yuqori marralar tilaymiz!