Bugun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzulloh Dadajonov tomonidan maktab maslahatchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida maktab maslahatchilarining faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud masalalar hamda yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida bildirilgan takliflar kelgusidagi amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.