A.Appakov kunlik ish rejasiga asosan Andijon shahridagi Yoyilma MFY hududida bo‘ldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahalla aholisi uchun tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahsulotlarning sifati, assortimenti hamda narx-navolarning barqarorligi va aholiga hamyonbopligi nazorat qilindi. Mas’ullarga savdo jarayonlarini uyushqoqlik bilan davom ettirish, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bayram kunlari aholi uchun qulaylik yaratish va dasturxonlarimiz to‘kinligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.