🟢 DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISI DAVOM ETMOQDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma majlisi davom etmoqda.
Majlis davomida kun tartibidagi uchinchi masala — nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, tibbiy xizmatlardan va davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Akramov Faxriddin Najmiddinovichning hisoboti tinglandi.
Hisobot yuzasidan deputatlar Q. Raxamov va O. Tursunov tomonidan tegishli savollar berilib, mutasaddidan javoblar olindi.
Muhokama davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim, tibbiy va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.