Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Medetova Asiya Nizamatdinovnaning topshirig‘iga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Xalqlar do‘stligi” mahallasida o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlarining keyingi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔍 Keyingi manzil tafsilotlari:
· Mahalladagi yana bir xonadon — fuqaro K.A.ning xonadoniga tashrif buyurildi;
· Ijtimoiy xodim tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, oilaning 3 nafar farzandi uchun bolalar nafaqasi tayinlangani hamda oylik to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani qayd etildi.
📌 Yakuniy xulosa: O‘rganishlar davomida to‘plangan barcha ma’lumotlar umumlashtirilib, sohadagi haqiqiy ahvol va istiqboldagi vazifalar bo‘yicha deputat Medetova Asiya Nizamatdinovnaga atroflicha axborot kiritiladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish tadbirlari doimiy e’tiborda bo‘ladi.