35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholining elektr enеrgiyasi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari hal etildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari xonadonbay o‘rgandi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklar va imtiyozlar o‘rganildi
янв.21
Tuman markazidagi “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 24.08 - 28.08.26-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 17 - 21.08.26 HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
янв.21
Sport maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan saylov okrugi hududidagi Lutfiy mahallasida, 57-uy yonida joylashgan bolalar maydonchasining holati o‘rganilgan edi.

https://t.me/chilonzor_tuman_deputatlari/2034


O‘rganish davomida bolalar maydonchasidagi ayrim o‘yin elementlari va jihozlari yaroqsiz holga kelgani, ularning ayrim qismlari shikastlangani hamda mazkur holat bolalar hayoti va salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi aniqlandi. Ushbu muammo mahalla aholisi, ayniqsa, ota-onalarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammoni tezkor bartaraf etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda maydonchani tegishli talablar asosida tartibga keltirish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida yaroqsiz va xavf tug‘dirayotgan o‘yin elementlarini o‘rganish, ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish, bolalar maydonchasini xavfsiz holatga keltirish hamda zarur obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Mazkur masala deputatning nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2