35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ YETTINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallani obodonlashtirish va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlariga asosan ichki yo‘llar holatlari o‘rganildi
янв.21
Elektr simyog‘ochlari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Hokimlarning hisoboti
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o'rganild

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o'rganildi

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi -Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 22-Qaytmas saylov okrugi deputati A.ALtinov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan "Qaytmas" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisining hujjatlari va bevosita mahalla yoshlari bilan muloqot qilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🔹 Yoshlarga ko‘rsatilgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligi, ularni vaqtinchalik bandlik bilan emas, balki barqaror va doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.
🔹 Yoshlarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va kengaytirishi uchun subsidiya hamda imtiyozli kreditlar olishda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Bundan tashqari, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, turli fan, kasb-hunar va qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar, sport musobaqalari hamda intellektual o‘yinlarning qay darajada tizimli va samarali tashkil etilayotgani ham o‘rganildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2