📜 «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-445-son talablaridan kelib chiqib, Shovot tumani Mevazor mahallasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, mahalla raisi hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirokida fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
📚 Fuqarolardan birining farzandini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish masalasidagi murojaati o‘rganildi.
🚶♂️ Shuningdek, mahallada aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘lakchasini barpo etish bo‘yicha murojaat ham ko‘rib chiqildi.
🤝 Murojaatlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
📌 Fuqarolar murojaati — doimo e’tiborda!