MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
🌿 Konferensiyada ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi 23-“Zarqaynar” saylov okrugi deputati, Qurilish, agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Ismoil Sagdullayev ham ishtirok etdi.
🌳 Bunday ilmiy-amaliy muloqotlar ekologik muammolarga samarali yechim topish, parlament va mahalliy Kengashlarning bu boradagi faoliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Ekologik barqarorlik — farovon kelajak va sog‘lom avlod garovidir!