35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
188-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi III-19-22-14-204-K/26-son qaroriga 1-ilovasiga muvofiq, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha manzilli ro‘yxat asosida qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ro‘yxatga asosan, Chilonzor tumani Gavhar mahallasida joylashgan 188-sonli umumta’lim maktabi binolarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan

Loyiha doirasida quyidagi qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda:

- maktabning asosiy binosidagi 1–4-qavat koridorlarining pol qoplamasini yangilash;
- sinf xonalari eshiklarini almashtirish va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash;
- asosiy bino devorlarini ta’mirlash;
- 2-bino ichki va tashqi qismlarini ta’mirlash va obodonlashtirish

Hozirgi kunda mazkur ishlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay, xavfsiz hamda zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi ✨

Fuqarolar tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar mahallalarda mavjud muammolarni tizimli hal etish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan muhim amaliy tashabbuslardan biridir.

Slide 1 of 7