35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan masala joyida o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompаniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Texnikum yangi o‘quv yiliga tayyorlash va zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 40 kun”: Bog‘chaovul mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jamgʻarma mablagʻlari
янв.21
Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari boʻyicha Kengashning huquqiy vakolatlari
янв.21
“Og‘ir” toifadagi mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
#_162_ta_qonun #Huquqiy_axborot_soati

#_162_ta_qonun
#_Huquqiy_axborot_soati


O‘zbekiston Respublikasining 2019- yil 18-iyuldagi “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-son Qonuni turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va sohani rivojlantirishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.

Qonunning asosiy maqsadi — turizm sohasini rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini kengaytirish, turistlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda soha subyektlari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

Qonun talablari asosida hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etish va xizmatlar sifatini oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Shuningdek, turizm sohasiga tadbirkorlik subyektlari va investitsiyalarni keng jalb etish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

Qonun ijrosini ta’minlashda davlat organlari, mahalliy hokimliklar, tadbirkorlik subyektlari va jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1